26
Germaniya va Ukraina xavfsizlik shartnomasini tuzishga tayyorlanmoqda
Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy telefon orqali muloqotda muhokama qilishdi.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bunday kelishuvni tuzish uchun "intensiv tayyorgarlik" olib borilmoqda.
Shartnoma Ukrainaga Rossiya bilan urush tugaganidan keyin xavfsizlik kafolatlarini beradi, deya aniqlik kiritadi Reuters.
Avvalroq Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari haqidagi hujjat London va Kiyev tomonidan imzolangan edi.
Shuningdek, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ham Ukrainaga yangi hujum sodir etilgan taqdirda unga yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi ikki tomonlama bitim tuzishga va’da bergani xabar qilingandi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring