+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
25-01-2024, 12:35
34

«Salimboy»dan yordam so‘ragan qirg‘iz deputati qamoqqa olindi

Bishkek shahrining Pervomayskiy tuman sudi Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamgirchiyevni bir oy muddatga hibsda saqlash haqida qaror qabul qildi. U 26 fevralgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida saqlanadi.

U O‘zbekiston bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tganlikda gumon qilinmoqda. Avvalroq Jogorku Kenesh Bosh prokurorga Jamgirchiyevni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bergan edi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Jamgirchiyevga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilganiga izoh berdi. Qo‘mitaga ko‘ra, Jamgirchiyevning tergovdan yashirinishi uchun real imkoniyatlar mavjudligi inobatga olingan.

«Birinchidan, Jamgirchiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakuniy bosqichda, ikkinchidan esa Davlat qo‘mitasiga kelib tushgan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, deputat jinoiy javobgarlikdan bo‘yin tovlash maqsadida yana qo‘shni respublikalardan biriga noqonuniy ravishda o‘tib ketishni rejalashtirgan.

Yuqoridagi holatlar, shuningdek, Jamgirchiyevning tergovdan yashirinishi uchun real imkoniyatlar mavjudligini inobatga olib, 24 yanvar kuni Qirg‘iziston Respublikasi davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda ayblanib, sud uni 26 fevralgacha bo‘lgan tergov harakatlari davomida hibsga oldi», – deyiladi mamlakat MXDQ munosabatida.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 26 dekabr kuni Bosh prokuror Jamgirchiyevga nisbatan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.
Top.Mail.Ru Анализ сайта