+21° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
25-01-2024, 06:35
43

AQSh fevral oyida Oyga yangi apparat uchirishni rejalashtirmoqda

NASA xabariga ko‘ra, Amerikaning yangi Nova-C qo‘nish apparati Oyga fevral oyi o‘rtalarida uchirilishi rejalashtirilgan.

Foydali yuk sifatida qurilma beshta NASA tadqiqot uskunasini Oyga olib chiqadi. Uchirish Florida shtatidagi Kanaveral kosmik markazidan SpaceX Falcon 9 raketasi yordamida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Intuitive Machines tomonidan yaratilgan Oyga qo‘nuvchi qurilma fevral oyi oxirida Oyning janubiy qutbidan 300 km uzoqlikda qo‘nishi kerak bo‘ladi.

Agar missiya muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Nova-C Oyga qo‘ngan birinchi xususiy qurilmaga aylanadi.



Top.Mail.Ru Анализ сайта