36
Mo‘g‘ulistonda 60 tonnalik gaz tashuvchi transport portlab ketdi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda 60 tonnalik gaz tashuvchi transport portlab ketdi. Bu haqda mahalliy xabarlar xabar bermoqda.
Portlash oqibatida hudud yaqinidagi bozor va 30 dan ortiq mashinalar yonib ketgan. Yong‘in oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, yana o‘nga yaqin odam jarohatlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 62 xonadondan 178 nafar fuqaroga moddiy va jismoniy zarar yetgan. 600 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va 100 ta texnika jalb qilingach yong‘in bartaraf etilgan. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring