29
Ziroat Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi Raisining rafiqasi Pen Liyuan hamrohligida Pekindagi Xitoy Milliy muzeyini ko‘zdan kechirdi.
Ushbu hashamatli muzeyda Chin mamlakatining 5000 yildan ortiq tarixidan so‘zlovchi 620 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi.
Birinchi xonimlar muzeydagi Xitoyning boy madaniyati haqida so‘zlovchi nodir ekspozisiyalarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.
Samimiy suhbatda xalqlarimiz madaniyati va qadriyatlari o‘xshashligi, rishtalarimiz ko‘p ming yillik tarixga ega ekani, bularning barchasi bugungi munosabatlarimiz rivojiga kuchli sur’at bag‘ishlayotgani qayd etildi.
Ziroat Mirziyoyeva xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, o‘zaro anglashuvni mustahkamlash maqsadida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish muhimligini, mamlakatlarimizda muntazam o‘tkazib kelinayotgan Madaniyat kunlari bunga yorqin misol ekanini ta’kidladi.
Muzey bilan tanishuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring