37
G‘azo mobil aloqaning bosqichma-bosqich tiklangani haqida xabar berdi
G‘azo sektorining turli hududlarida mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyati asta-sekin tiklanmoqda.
Bu haqda Palestina telekommunikasiya kompaniyasi bayonotida aytiladi.
Qayd etilishicha, aloqa xizmatlari, jumladan, internet va stasionar telefon aloqalarining to‘liq tiklanishi kompaniya texnik xodimlarining mehnati uchun xavfsiz sharoitlar yaratilishiga bog‘liq.
Bir kun avval tashkilot eksklavdagi internet va aloqa xizmatlarining navbatdagi to‘xtatilishini e’lon qildi. Bu Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktabr kuni agressiyasi boshlanganidan beri sodir bo‘lgan o‘ninchi hodisadir.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring