“Kazinform” yozishicha, Bryusselda ochilgan 16-Evropa kosmik konferensiyasida rasmiylar va soha vakillari qit’a yana o‘z raketalariga tayanishi mumkinligini tasdiqladi. Yangi qurilmani 15 iyun-31 iyul oralig‘ida ishga tushirish mo‘ljallangan.
O‘tgan yil iyulida 27 yil xizmat qilgan “Ariane-5” vazifasini o‘tab bo‘lgach, YEIda faqat yengil sinf raketalari qoldi. Bu holat NASA bilan raqobatlashish, xavfsizlikni kafolatlash imkonini pasaytiradi.
Dastlab “Ariane-6”ning ilk parvozi 2020 yilga rejalashtirilgan edi. Afsuski, bir qator texnik muammolar paydo bo‘ldi, shuningdek pandemiya yuzaga kelishi sababli ta’minot zanjirida uzilish kuzatildi.
Qolaversa, 2022 yil “Roskosmos” bilan hamkorlik to‘xtagach, Yevropa kosmik agentligi “Soyuz” kosmik kemasiga tayanib qolish mumkin emasligi ayonlashdi. Shu tariqa muayyan xulosa chiqarish, kosmik dasturga qo‘shimcha sarmoya kiritish zarurati tug‘ildi.
Bryusselning ishonchi komilki, Yevropa raketa tashuvchilari parvozini tiklash qit’ada fazoviy soha strategik muxtoriyati mustahkamlanishida muhim qadamdir. Ayni payt Yevropa hamkorlardan Hindiston va AQShga, xususan “Space X” kompaniyasiga tayanadi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring