Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan BMTdagi yig‘ilishda Rossiyani tanqid qildi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bunga javoban Falastin davlatini yaratish kerakligini aytdi.
Gilad Erdan, xususan, Rossiya Ukrainadagi urush uchun qurol-yarog‘ yetkazib berayotgan Eron bilan hamkorlik qilayotganini ta’kidladi. Diplomatning qayd etishicha, Eron terrori istalgan davlatga yetib borishi mumkin.
U, shuningdek, Rossiya va boshqa davlatlar oqibatlari haqida o‘ylamasdan, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilayotganini aytdi – XAMAS shunchaki kuchini tiklab, xuddi shunday hujumni amalga oshiradi.
Sergey Lavrov bunga javoban 7 oktabrdagi jinoyatlar Isroilning G‘azodagi «vahshiyona urushini» oqlamasligini aytdi va Falastin davlatini yaratish qarorini «ko‘mib tashlamaslik kerak»ligini qo‘shimcha qildi. U shunchaki Eron bilan hamkorlik ayblovlarini chetga surdi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring