+39° Kechasi +23°
Andijon (Bugun, 23 iyun)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 639.81 so'm (-4.1 so'mga)
146.96 so'm (-4.63 so'mga)
13 556.20 so'm (-19.57 so'mga)
15-03-2024, 11:13
40

BRIKS yagona valyuta va to‘lov tizimi ustida ishlashda davom etmoqda

BRIKS mamlakatlari uyushma doirasida yagona valyuta va umumiy to‘lov tizimlarini joriy etish ustida ishlashni davom ettirmoqda.

Bu haqda TASS muxbiriga Yigirmalik (G20) guruhidagi braziliyalik Sherpa Maurisio Lirio aytib o‘tdi.

"Ha, biz buning ustida ishlayapmiz", dedi u. "Mamlakatlar Rossiya raisligida muhokama qilmoqdalar va bu raislik mavzularidan biri", - deya qo‘shimcha qildi Liriu.

2023 yil avgust oyida Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan BRIKS sammiti arafasida Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva yagona hisob-kitob valyutasini yaratish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagandi




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта