+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-03-2024, 10:46
17

O‘zbekistonlik tennischi Qozog‘iston turnirining yarim finali ostonasida

Bugun, 15 mart kuni Qozog‘istonning Aktobe shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan ITF turnirining chorak finalida hamyurtimiz Sergey Fomin rossiyalik Yevgeniy Filippov bilan yarim final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.

Mukofot jamg‘armasi 15 000 dollardan iborat bo‘lgan ITF turnirida ishtirok etayotgan mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davrada rossiyalik Bekxan Atlangeriyevni 6/1, 6/7(3), 6/4 hisobida dog‘da qoldirgan bo‘lsa, 1/8 finalda niderlandiyalik Den Xeyer Guydan 6/3, 6/7(3), 7/6(4) hisobida ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Fomin hozirda ATP reytingida 674, uning raqibi Yevgeniy Filippov esa 540-o‘rinda bormoqda.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта