+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-03-2024, 09:05
10

BMT xalqaro hamjamiyatni rohinja qochqinlariga yordam berishga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) xalqaro hamjamiyatdan 2024 yilda arakanlik qochqinlar va ularning mezbon davlati Bangladeshga yordam berish uchun 852,4 million dollar ajratishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Anadolu.

BMT Qochqinlar Oliy Komissarligi (UNHCR) yozma bayonotida BMT va uning hamkorlari tomonidan tayyorlangan “Arakan 2024 yilgi insonparvarlik inqiroziga qarshi mushtarak javob rejasi” Bangladesh rasmiylari rahbarligida amalga oshirila boshlaganini bildirdi.

Hujjat xalqaro hamjamiyatni rohinja qochqinlari va mezbon jamoalarga yordamni ikki baravar oshirishga chaqirib, taxminan 1,35 million kishiga, shu jumladan Bangladeshdagi rohinja qochqinlariga, ularning mezbonlariga va boshqa jamoalarga yordam berish uchun 852,4 million dollar mablag‘ zarurligini eslatib o‘tdi.

BMT Myanmadagi mojaro avj olishda davom etayotganini ham qayd etdi. Bangladesh bilan xalqaro birdamlik va qochqinlarni himoya qilish har qachongidan ham zarur ekanligi ta’kidlangan.

Bayonotda Bangladeshda 1 millionga yaqin rohinja qochqinlari yashayotgani, ularning ko‘pchiligi 7 yil avval Myanmadan qochib kelgani ta’kidlandi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта