47
Rossiyalik “1-raqamli qonundagi o‘g‘ri” Shakro Molodoy ozodlikka chiqariladi
Krasnodar o‘lkasi sudi “Shakro Molodoy” nomi bilan tanilgan avtoritet Zaxariy Kalashovning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli uni qamoqdan shartli ravishda ozod qilish haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirdi.
Rossiyaning Telegram-kanallari xabariga ko‘ra, 70 yoshli Kalashov sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘zining haqiqiy jazosini bekor qilishni bir necha bor so‘ragan.
Hozirda Shakro Molodoy Krasnodar o‘lkasidagi koloniyalardan birida tovlamachilikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. Uning shartli ravishda ozodlikka chiqish haqidagi arizasi sud tomonidan yopiq eshiklar ortida ko‘rib chiqildi va qanoatlantirildi.
Kalashov 2018 yilda ikki kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan otishma sodir bo‘lgan Moskvaning Rochdelskaya ko‘chasidagi restoran egasidan pul undirishda ayblanib qamalgan edi. U jinoiy doiralarda birinchi raqamli o‘g‘ri sifatida tanilgan va 2013 yilda Ded Xasanning o‘limidan so‘ng, ba’zi manbalarga ko‘ra, uning o‘rnini egallab, jinoiy tuzilmani boshqargan.
Zaxariy Kalashovning ozodlikka chiqish sanasi hali belgilanmagan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring