+11° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 15 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 808.03 so'm (+14.65 so'mga)
130.15 so'm (-0.58 so'mga)
13 612.37 so'm (+16.85 so'mga)
15-03-2024, 06:59
46

Rossiya Federasiyasi prezidenti saylovi asosiy shtabi ish boshladi

Rossiya Federasiyasi prezidenti saylovi arafasida Markaziy saylov komissiyasining axborot markazi – ovoz berish ma’lumotlari yig‘iladigan, yetkaziladigan va sharhlanadigan, shuningdek, uning dastlabki natijalari e’lon qilinadigan asosiy shtab ish boshladi.

Markaziy saylov komissiyasi axborot markazi ish boshlaganini Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova prezident saylovida ovoz berishga tayyorlik to‘g‘risida ma’lum qildi.

“An’anaga ko‘ra, ovoz berishning birinchi kuni arafasida Markaziy saylov komissiyasi butun saylov tizimining saylovga tayyorligi to‘g‘risida hisobot beradi. Axborot markazimizning ishi ham shundan boshlanadi, – dedi u.

Pamfilova, shuningdek, Rossiya prezidenti saylovlari birinchi marta og‘ir, ekstremal vaziyatda o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

“Biz ilk bor saylovlarni shunday og‘ir, ekstremal vaziyatda, albatta, uzluksiz tahdidlar va boshqa ko‘plab salbiy hodisalar sharoitida o‘tkazmoqdamiz. Biz bularning barchasini oldindan bilganmiz, prinsipial jihatdan, bu biz uchun birinchi marta emas, shuning uchun biz oldindan chora ko‘rdik va barcha hududlarda ovoz berish uchun zaxira binolar va joylar belgilandi”, — dedi Rossiya Federasiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, zaxira binolarning 83 foizi (52 mingtadan ortiq) doimiy binolarda, 17 foizi (10 mingtadan ortiq) ko‘chma ovoz berish punktlarida joylashtiriladi. Pamfilovaning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida provokasiyalar bo‘lishi mumkin, ammo Rossiya bunga dosh beradi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта