44
Germaniya Ukrainada to‘rtta qurol ishlab chiqaruvchi zavod ochmoqchi
Germaniyaning Rheinmetall qurol konserni Ukrainada kamida to‘rtta zavod ochish rejasini e’lon qildi. Konsern 2024 yilda qurol sotishdan rekord darajada daromad olishi bashorat qilinmoqda, deb yozdi France24.
Kompaniya so‘nggi oylarda o‘q-dorilar taqchilligidan qiynalayotgan Ukrainadagi zavodlar snaryadlar, jangovar mashinalar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallanadi.
«Ukraina biz uchun muhim hamkorga aylandi va biz yiliga 2-3 milliard yevrogacha ehtimoliy daromadni ko‘zlayapmiz», dedi Rheinmetall bosh direktori Armin Papperger.
Qayd etilishicha, Ukrainadagi urush Germaniya qurol sanoatining o‘sishiga yordam bergan.
Fevral oyida Rheinmetall Ukraina kompaniyasi bilan mamlakatda artilleriya snaryadlarini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
Yaqin kunlarda zavodning tamal toshi qo‘yiladi, uning aniq joylashuvi ma’lum qilinmagan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring