+23° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
15-03-2024, 06:16
16

AQShda Federal qidiruv byurosining o‘quv markazida sodir bo‘lgan portlashda 16 kishi jarohatlandi

Kaliforniyadagi Federal qidiruv byurosining (FQB) o‘quv markazida yuz bergan portlash oqibatida maxsus kuchlar xizmatchilarining kamida 16 nafari jabrlandi, deya xabar beradi TASS.

Bu haqda CBS News telekanali rasmiylarga tayanib xabar berdi. Orinj okrugi sherif departamenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, 13 nafar jabrlanuvchi quloq og‘rig‘i va bosh aylanishidan shikoyat qilgan. Bundan tashqari, ikkitasi oyog‘idan, yana biri esa belidan jarohat olgan. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, portlash Orinj okrugida sapyorlar va maxsus bo‘linmalarning birgalikdagi mashg‘ulotlari vaqtida sodir bo‘lgan.

FQB sodir bo‘lgan voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта