+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
14-03-2024, 22:59
39

Mixail Lomtadze AQShdagi eng yirik texnologik anjumanda ishtirok etdi

Mixail Lomtadze AQShning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tgan Morgan Stanley Technology, Media and Telecom anjumanida Qozog‘istonning sarmoyaviy jozibadorligi, islohotlar va innovawiyalar haqida gapirdi. Anjumanda Ilon Mask, Microsoft, Google, Netflix va dunyoning boshqa yetakchi texnologiya kompaniyalari rahbarlari so‘zga chiqdi.

— Har safar xalqaro konferensiyalarda Qozog‘istonning yutuqlari bilan o‘rtoqlashayotganimdan faxrlanaman. Mamlakatimizdagi raqamlashtirish va innovasiyalar natijalari ko‘plab davlatlar uchun namunadir. Bu Qozog‘iston va butun mintaqaning sarmoyaviy jozibadorligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yetakchi xalqaro investorlar va texnologiya kompaniyalari Kaspi.kzning rivojlanishi va mamlakatdagi innovasiyalarni alohida qiziqish bilan kuzatib bormoqda. Har bir qozog‘istonlikka rahmat. Aynan birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli biz tarix yaratmoqdamiz va Qozog‘istonni innovasiyalar global xaritasiga kiritmoqdamiz. Bizni jahon darajasidagi xizmatlarni yaratishga ilhomlantirganingiz uchun har biringizga rahmat! — dedi Kaspi.kz rahbari va hammuassisi Mixail Lomtadze.

Morgan Stanley Technology, Media and Telecom konferensiyasi 30 yildan ortiq vaqtdan beri o‘tkazib kelinmoqda. Har yili u butun dunyodagi yetakchi texnologiya kompaniyalari va investorlari uchun asosiy voqeaga aylanadi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта