+14° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 24 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
24-01-2024, 10:16
32

Ekaterinburgda mehnat migrantlari bilan yuz bergan holat yuzasidan ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Yekaterinburg shahrida huquq-tartibort organlari xodimlari tomonidan qurilish maydonlarining birida reyd o‘tkazilgani va unda bir guruh fuqaroning o‘rdaksimon usulda yurishga majburlagani tasvirlangan xabarlar tarqalmoqda.

Dastlabki o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17-yanvar kuni Yekaterinburg shahrida joylashgan qurilish maydonlarining birida IIV, FXX, Rosgvardiya va prokuratura xodimlari tomonidan “nolegal” reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Ushbu qurilish ishlarida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari vaqtincha ishlab kelgan. Reyd davomida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham ushlangan va patensiz mehnat faoliyatini amalga oshirgani sababli sudning qarori asosida Yekaterinburg shahri Gornistov 15/4-uyda joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markaziga joylashtirilgan.

Ushbu yurtdoshlarimizning ma’lum qilishicha, huquq-tartibort organlari xodimlari qurilish binosiga kirgan vaqtda ko‘plab mehnat migrantlari qochishga harakat qilgan va binoning orqa tomonidan qochyotgan vaqtida qo‘lga olingan. Fuqarolarning harakatlariga javoban huquq-tartibort organlari xodimlari ularni o‘tirib yurishga majbur qilgan.

Hozirgi vaqtda ushbu holat mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migrasiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan va yurtdoshlarimizga huquqiy va boshqa shakldagi yordam ko‘rsatilmoqda.

Top.Mail.Ru Анализ сайта