+26° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 18 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 720.00 so'm (-7.96 so'mga)
140.04 so'm (+0.58 so'mga)
13 827.91 so'm (+46.07 so'mga)
14-03-2024, 14:32
17

Chet elliklar uchun Rossiyaga kirish to‘lovi joriy etiladimi?

Chet elliklar uchun Rossiyaga kirish to‘lovini joriy etish g‘oyasi Davlat Dumasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Rossiya Davlat dumasi chet elliklar uchun kirish to‘lovini joriy etishni taklif qiluvchi qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi. Qaror Konstitusiya talablariga mos kelmasligi bilan izohlandi, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.

Bir hafta oldin Davlat Dumasiga Rossiya hududiga vizasiz kiradigan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun kirish to‘lovini belgilashni taklif qilgan qonun loyihasi kiritilgan edi. Gap, masalan, Rossiya Federasiyasiga mehnat muhojirlarining asosiy oqimini tashkil etuvchi O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari haqida ham ketmoqda.

Ushbu qonun loyihasi, shuningdek, Rossiya Federasiyasining ma’muriy kodeksiga ba’zi o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, Rossiya Federasiyasiga kirishdan oldin vizasiz mamlakatlardan kelgan xorijliklar ma’lum bir to‘lovni to‘lashlari kerak edi. Huquqbuzarlarni mamlakatdan chiqarib yuborish federal budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi, shuning uchun qonunchilik tashabbusi mualliflari ushbu xarajatlarni kirish to‘lovi orqali qoplashni taklif qilishdi.

Rossiya nashrlarining yozishicha, Davlat dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi qonun loyihasini mualliflarga qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarishga qaror qilgan. Xususan, bu qonun loyihasining Rossiya Konstitusiyasi talablariga mos kelmasligi bilan bahslashdi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта