Oxirgi 24 soat ichida Isroil hujumlari oqibatida 88 nafar falastinlik halok bo‘ldi, yana 135 nafari yaralandi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deb xabar beradi Kazinform.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining G‘azo sektori vakili Ashraf al-Qudra, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon qamal ostidagi G‘azo sektorida Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar sonining 31 ming 272 nafarga yetganini bildirdi.
“Birgina so‘nggi 24 soat ichida Isroil hujumlari oqibatida 88 falastinlik halok bo‘ldi, yana 135 nafari yaralandi”, – dedi al-Qudra.
7 oktyabrdan beri Isroil hujumlarida jami yaralanganlar soni 73 024 nafarga yetdi, Isroil hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklarning 72 foizi ayollar va bolalardir, dedi Falastin rasmiysi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring