50
AQSh Kongressi TikTokni taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi
AQSh Kongressining Vakillar palatasi Xitoyning TikTok mobil ilovasini butun mamlakat bo‘ylab taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi.
352 kongressmen hujjatni qo‘llab-quvvatladi, 65 nafari qarshi chiqdi. Qonun loyihasiga ko‘ra, internet-platforma egasi ByteDance olti oy ichida TikTokni sotishi kerak. Aks holda, ijtimoiy tarmoq barcha ilovalar do‘konlaridan o‘chiriladi.
Qonunchilar TikTok AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solayotganidan xavotirda. Buning sababi shundaki, ilova o‘z foydalanuvchilarining nozik ma’lumotlarini Xitoy hukumati bilan baham ko‘radi.
O‘tgan yilning mart oyida AQSh Kongressida TikTok ijtimoiy tarmog‘i rahbari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan va demokratlar va respublikachilar bu ijtimoiy tarmoq xavfsizligiga shubha bilan qarashlarini bildirishgan edi. Qonunchilar Pekinda joylashgan ByteDance kompaniyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini Xitoy rasmiylariga topshirishidan qo‘rqishlarini aytishdi. Va bu Qo‘shma Shtatlarning milliy xavfsizligiga putur yetkazishi mumkin.
“TikTok Amerika qadriyatlariga ega Amerika kompaniyasiga aylanishi kerak, platforma esa Xitoy Kommunistik partiyasi bilan aloqalarni uzishi kerak”, – dedi kongressmen Darren Soto.
TikTok platformasining bosh direktori Shou Szi Chu AQSh Kongressida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘zini oqladi va “Biz Xitoy Kommunistik partiyasi bilan ishlamaymiz, ular uchun razvedka agenti emasmiz”, – dedi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring