+25° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 720.00 so'm (-7.96 so'mga)
140.04 so'm (+0.58 so'mga)
13 827.91 so'm (+46.07 so'mga)
14-03-2024, 13:37
9

Daniya ayollarni harbiy xizmatga chaqiradi

Daniya hukumati harbiy xizmatga chaqirish tizimini tubdan qayta qurishni rejalashtiryapti. Yangiliklardan biri shundaki, ayollar va erkaklar harbiy xizmatga mutlaqo teng shartlar asosida chaqiriladi, dedi mudofaa vaziri Troels Lund Poulsen matbuot anjumanida, deya xabar beradi Kazinform TASS agentligiga tayanib.

“Bu, jinsidan qat’i nazar, barcha yoshlar harbiy xizmatga chaqiriladi, deganidir”, — deya tushuntirdi mudofaa vaziri.

Hukumat taklifiga ko‘ra, o‘zgartirishlar 2026 yildan kuchga kiradi. Hozirgi vaqtda ayollar uchun xizmat ixtiyoriydir. Ular buni o‘z xohishlariga ko‘ra to‘xtatishlari ham mumkin.

Bundan tashqari, hukumat harbiy xizmatga chaqiruv muddatini 4 oydan 11 oyga uzaytiradi.

“Uzoq xizmat muddati muddatli harbiy xizmatchilarning ko‘nikmasini mustahkamlaydi”, - deya davom etdi vazir.

Shu bilan birga, u kelgusida e’tiqodi tufayli harbiy xizmatdan voz kechish mumkinligini ta’kidladi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта