+12° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
14-03-2024, 13:15
47

Ukraina va Rossiya hududlari o‘qqa tutildi

"14 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari 36 ta Shahed dronlari yordamida Ukrainaga yirik hujumini amalga oshirdi, havo hujumidan mudofaa kuchlari ulardan 22 tasini urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi", deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi. "Xarkov viloyati Shevchenkovskiy tumanida Rossiyaning S-300 raketasi portlashi natijasida noturar-joy binolarga zarar yetdi, hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmadi", — deya ma’lum qildi viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov. Sumi viloyati harbiy boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi fuqarolik infratuzilmalariga raketa va dronlar yordamida hujum qilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi Belgorod va Kursk viloyatlari uzra 14 ta dron yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Belgorod viloyatida bir kishi — yengil avtomobil haydovchisi halok bo‘lgan.










Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта