+24° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
14-03-2024, 11:31
9

Xitoyda kafe portlashi qurbonlari soni yetti nafarga yetdi

Favqulodda vaziyat natijasida halok bo‘lganlar soni yetti nafarga yetdi, yana 27 kishi jarohat oldi. Xitoy shimolidagi Xebey provinsiyasi Sanxe shahridagi kafeda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Kazinform muxbiri Xinhua agentligiga tayanib xabar beradi.

13 mart kuni ertalab to‘rt qavatli binoda joylashgan kafeda gaz sizib chiqishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Favqulodda hodisa natijasida bino qisman qulab tushgan, bino yaqinida joylashgan avtomobillarga zarar yetgan.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun 36 birlik maxsus texnika va 150 dan ortiq qutqaruvchi jalb qilingan.

Barcha jabrlanganlar zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shu kungacha ularning 14 nafari tibbiy muassasadan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va 22 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.


Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта