+25° Kechasi +19°
Andijon (Bugun, 20 may)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 694.87 so'm (-25.13 so'mga)
139.48 so'm (-0.56 so'mga)
13 766.32 so'm (-61.59 so'mga)
14-03-2024, 11:08
16

Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Venadagi elchixonasining ikki xodimini persona non grata deb e’lon qildi

Avstriya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Venadagi elchixonasining ikki xodimini "persona non grata" deb e’lon qildi.

"Har ikki rossiyalik diplomatik xodim maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlar qilgan", deyiladi Avstriya TIV bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, ular 19 martgacha mamlakatni tark etishi kerak. Bunday chora odatda razvedka faoliyati bilan shug‘ullanganlik holati aniqlanganda qo‘llaniladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tegishli javob choralari ko‘rilishini e’lon qildi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта