Turkiya kompaniyalari tomonidan buyurtma berilgan kamida 20 ta “Airfish-8” ekranoplani 2025 yildan boshlab sayyohlarni tashiy boshlaydi.
Bunday harakat vositalarini ishlab chiqarishni Singapurning “ST Engineering” kompaniyasi “Peluca” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi. “Airfish-8” kelasi yildan boshlab yetkazib berilishi ma’lum qilingan.
Turkiyaning “Eurasia Mobility Solutions” kompaniyasi hozircha o‘nta shunday uchish apparatiga buyurtma bergan, kelgusida yana o‘nta buyurtma berishi mumkinligi haqida ham ma’lum qilgan. Bunday transport vositalarining oddiy qayiqlar yoki paromlarga nisbatan asosiy afzalligi - ularning yuqori tezligidir. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, apparatning maksimal tezligi 167 km/soatni tashkil etadi. Bundan tashqari, ekranoplan 8 yo‘lovchi yoki 1 tonna yukni tashishi mumkin.
Samolyot dengiz xastaligidan aziyat chekayotgan yo‘lovchilar uchun mos keladi, chunki u suv sathidan 6-7 metr balandlikda uchib, oddiy qayiqlarga qaraganda yumshoqroq harakatlanish imkonini beradi.
Uchish, qo‘nish uchun ekranoplan maxsus infratuzilmani talab qilmaydi, unga oddiy parom terminallari yetarli. Apparatga 500 ot kuchiga ega bo‘lgan benzinli dvigatel o‘rnatilgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring