+13° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
14-03-2024, 07:45
36

Turkiya vaziri BMT sessiyasida zalni tark etdi

Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mohinur O‘zdemir Go‘ktosh Isroil ijtimoiy tenglik va ayollar taraqqiyoti vaziri Mey Golanning sessiyadagi nutqi chog‘ida zalni tark etdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Vazir shu tariqa Turkiya nomidan Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumiga norozilik bildirgan. OAV yozishicha, Go‘ktosh sessiya ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, qashshoqlik va institusional zaiflikka qarshi kurashish zarurligini qayd etdi.

– Gender tenglik masalasini muhokama qilar ekanmiz, Isroil – Falastin mojarosi natijasida yuzaga chiqayotgan inqirozni e’tiborsiz qoldira olmaymiz, – dedi turkiyalik siyosatchi. – Anqara G‘azo sektoriga qilingan hujumni keskin qoralaydi va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar yordam berishga chaqiradi.

U Turkiya ayollar huquqini ta’minlash uchun qat’iy qadam tashlashda davom etishi, kelajakni shakllantirishda xotin-qizlarning faol ishtirokini ta’minlash muhimligini ham aytgan.

So‘nggi yigirma yil ichida mamlakatda umumiy bandlik darajasi 12 foiz, ayollar bandligi 25 foiz oshgan. O‘quv dasturlari, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash orqali ayollar tadbirkorligi rivojlantirilmoqda. “Yosh ayollar o‘z kelajagini qurmoqda” loyihasi doirasida ta’lim ololmayotgan, ish topa olmayotgan yosh qizlarga saboq, maslahat berilyapti.

– Turkiyada ayollar huquqini to‘laqonli ta’minlash va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali oilaviy qadriyatlarga ustuvor ahamiyat berilyapti, – deya ma’lumot bergan vazir. – Turk sivilizasiyasida ayollar munosib o‘rin egallab kelgan. Demak, gender tenglikni yanada mustahkamlash yo‘lida davom etamiz.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта