+13° Kechasi +10°
Andijon (Bugun, 21 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 855.93 so'm (+11.93 so'mga)
128.16 so'm (-0.14 so'mga)
13 570.72 so'm (+20.3 so'mga)
14-03-2024, 07:35
42

Netanyaxu ketadi, lekin HAMAS qoladi – AQSh razvedkasi

Dushanba kuni e’lon qilingan AQSh razvedkasining yangi bahosida Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning hokimiyatni ushlab turish qobiliyatiga shubha bildirilgan, deb yozmoqda TRT.

2024 yil uchun yillik tahdid bahosi Isroilning urushni tugatish bo‘yicha qarashlari haqidagi xavotirlarni ta’kidlaydi va Netanyaxuning o‘ng-markaziy koalisiyasi "tahdid ostida bo‘lishi mumkinligini" aytadi.

“Urushdan oldingi Netanyaxuning boshqaruv qobiliyatiga ishonchsizlik darajasi jamoatchilik orasida chuqurlashib, kengaygandi. Endi esa uning iste’fosi va yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qiladigan ommaviy noroziliklarni kutmoqdamiz. Yana bir mo‘’tadil hukumat paydo bo‘lishi mumkin”.

Hisobotda shuningdek, Isroil "XAMASni yo‘q qilish" maqsadiga erishishda qiynalishi haqida prognoz qilinib, "Isroil ko‘p yillar davomida HAMASning doimiy qurolli qarshiliklariga duch kelishi mumkinligi" qayd etildi.

Isroilning G‘azo janubidagi Rafahda rejalangan harbiy amaliyotlari munosabati bilan so‘nggi kunlarda AQSh prezidenti Bayden va Isroil bosh vaziri Netanyaxu o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan. Biroq ushbu razvedka hisoboti so‘nggi keskinliklardan ancha oldin tayyorlangan.

Yillik hisobotda razvedka idoralari “Isroil G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar vaziyat tufayli ortib borayotgan xalqaro bosimga duch keladi” degan xulosaga keldi. Hisobotda, shuningdek, G‘azodagi urush " o‘lim va vayronagarchiliklar" tufayli Isroil va Qo‘shma Shtatlarga nisbatan jamoatchilik noroziligi kuchayishi ortidan "Amerikaning Yaqin Sharqdagi hamkorlari uchun qiyinchilik tug‘dirishi" ta’kidlangan.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта