+10° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 3 dekabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 838.33 so'm (-13.67 so'mga)
119.70 so'm (+0.71 so'mga)
13 498.22 so'm (-70.92 so'mga)
14-03-2024, 07:20
36

Navalniyning safdoshiga hujum uyushtirildi

Rossiyalik marhum muxolifatchi Aleksey Navalniy shtablari sobiq rahbari Leonid Volkovga Vilnyusdagi uyi yaqinida hujum uyushtirildi, deb yozadi Meduza Navalniyning kotibasi Kira Yarmishga tayanib.

“Hozirgina Leonid Volkovga o‘z uyi yonida hujum qilishdi. Mashinaning oynasini sindirib, ko‘z yoshlantiruvchi gaz sepishgan, so‘ng Leonidni bolg‘a bilan ura boshlashgan”, — deb yozdi Yarmish.

Korrupsiyaga qarshi kurash fondi direktori Ivan Jdanov keyinroq Volkovning sog‘-omonligini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Volkov dala hovlilardan iborat qishloqda yashaydi, shu sababli hujum qilgan shaxs tasodifiy ko‘cha bezorisi yoki bosqinchi bo‘lmagani, balki Volkovga hujum qilish uchun ataylab u yerga borgani taxmin qilinmoqda.

Ushbu hujumdan bir necha soatgina avval Volkov Meduza’ga bergan intervyusida Navalniy jamoasi tahdidlarga uchrayotganini ma’lum qilgan. “Hozir qarshimizda turgan asosiy xavf — hammamizni o‘ldirib yuborishlari mumkinligi. Ha, bu aniq-ravshan narsa-ku”, — degan edi u. Shuningdek, u Navalniy jamoasi xavfsizlik protokollarini qayta ko‘rib chiqayotganini aytgandi.

Volkovga hujum 15—17 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Rossiya prezidenti saylovlari arafasida yuz berdi. Aleksey Navalniy jamoasi “Putinga qarshi choshgoh” aksiyasida qatnashishga chaqirmoqda, u prezident saylovida Vladimir Putinga qarshi ovoz bermoqchi bo‘lganlar saylov uchastkalariga bir vaqtda — 17 mart kuni 12:00 da kelishini ko‘zda tutadi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта