37
Yaponiyaning Kairos raketasi birinchi parvozi vaqtida portlab ketdi
Yaponiyaning Space One kompaniyasining Kairos raketasi chorshanba kuni birinchi marta uchirilganidan bir necha soniya o‘tib portladi. Reuters agentligining yozishicha, firma sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqargan birinchi yapon kompaniyasi bo‘lishni maqsad qilgan.
Bugun, 13 mart kuni Yaponiya g‘arbidagi Vakayama prefekturasidagi xususiy Space Port Kii uchirish maydonida 18 metrlik Kairos raketasi uchirilganidan ko‘p o‘tmay portlagan. Raketa parchalari uchish joyiga yaqin tushgan va kuchli yong‘in chiqqan.
“Raketa parvozni to‘xtatdi, chunki biz uning missiyasi qiyin bo‘lishini tushundik”, – dedi kompaniya prezidenti Masakadzu Toyoda.
Space One portlashga nima sabab bo‘lganini va kompaniya keyingi Kairosni qachon uchirishini aniqlamadi, faqat portlashni batafsil o‘rganishini aytdi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, uchirish avtomatlashtirilgan bo‘lib, yerda bor-yo‘g‘i o‘nga yaqin xodimlarni talab qiladi va raketa parvoz yo‘lida yoki boshqaruv tizimida odamlarga xavf tug‘dirishi va halokatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlasa, o‘zini-o‘zi yo‘q qiladi.
“Biz "global muvaffaqiyatsizlik" atamasini ishlatmaymiz, chunki har bir test bizga yangi muammoni hal qilish uchun yangi ma’lumotlar va tajriba olib keladi”, – dedi Toyoda matbuot anjumanida.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring