32
Turkiya parlamenti Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ma’qulladi
Turkiya parlamenti Shvesiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni ratifikasiya qilish uchun ovoz berdi, deb yozmoqda Bloomberg. Endi hujjat mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga yuboriladi, u yaqin kunlarda imzolanishi kutilmoqda.
Shu tariqa Shvesiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish haqidagi arizasini ratifikasiya qilmagan NATO a’zosi faqat Vengriya bo‘lib qolmoqda, deb qo‘shimcha qildi agentlik.
Shvesiya Finlyandiya bilan birga 2022 yilning yozida NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgandi. Mamlakatlar Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini fonida alyansga qo‘shilish haqida qaror qabul qildi. NATOga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi kerak.
Natijada, faqat Finlyandiya 2023 yil aprel oyida NATOga qo‘shildi. Turkiya Shvesiyaning ittifoqqa kirishiga bir qancha shartlar bilan qarshi chiqdi. Xususan, Anqara Stokgolmdan Turkiya hukumati terrorchilikda ayblayotgan shaxslarni topshirishni, shuningdek, Turkiya terrorchi tashkilot deb hisoblagan Kurdiston Ishchilar partiyasi “faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslikni” talab qildi. 2023 yil iyul oyida Erdo‘g‘on NATO bosh kotibi bilan muzokaralardan so‘ng Shvesiyaning arizasini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi.
Vengriya rasmiylari esa Stokgolmni Budapeshtni “tahqirlash” siyosatida ayblab, uning qonun ustuvorligiga rioya qilmayotganini muntazam tanqid qilmoqda, deb yozadi Deutsche Welle. 2024 yil 23 yanvarda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagini muhokama qilish uchun shved hamkasbi Ulf Kristerssonni Budapeshtga taklif qildi. Bunga javoban Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi muzokaralar uchun hech qanday sabab ko‘rmayotganliklarini bildirdi, chunki Vengriya 2022 yil yozida bo‘lib o‘tgan NATO sammitida Shvesiyaga hech qanday shartlarsiz alyansga qo‘shilish taklifini yuborgan edi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring