41
Hindistonda musulmonlarga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan qonun qabul qilindi
Modi hukumati fuqarolikka tegishli hujjatlarga Hindiston shimoli-sharqiy shtatlardagi musulmonlarni fuqarolikdan mahrum qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan tuzatishlar kiritilishini ma’qulladi.
Fuqarolikni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun asosan musulmonlar yashaydigan Afg‘oniston, Bangladesh va Pokistonda diniy ta’qiblar tufayli Hindistonga qochib ketgan hindular, parsilar, sikxlar, buddistlar, jaynlar va nasroniylarga Hindiston fuqaroligini beradi.
Modi hukumati qonun 2019 yil dekabr oyida qabul qilinganidan keyin Nyu-Dehli va boshqa shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgani sababli uni tatbiq eta olmagan edi. Bir necha kun davom etgan to‘qnashuvlarda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, yuzlab kishilar yaralandi.
Inson huquqlari va musulmon guruhlarining fikricha, qonun Hindistonda istiqomat qiluvchi 200 mln musulmonga nisbatan diskriminasiyaga olib kelishi mumkin. Ba’zilar hukumat ba’zi chegara shtatlarida hujjatsiz musulmonlarni fuqarolikdan mahrum qilishi mumkinligidan qo‘rqishmoqda.
Hukumat bayonotida "qonun haqida ko‘plab noto‘g‘ri tushunchalar" borligi va uni tatbiq etish COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgani ta’kidlandi.
Shuningdek, hukumat musulmonlarga qarshi kayfiyat yoyilayotganini rad etib, bu qonun musulmonlar yashovchi mamlakatlarda ta’qibga uchragan ozchiliklarga yordam berish uchun zarurligini qayd etdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring