36
Qirg‘izistonda kremniy ishlab chiqaruvchi zavod davlat tasarrufiga qaytarildi
Kristall yarimo‘tkazgichli materiallar (kremniy) ishlab chiqaruvchi zavod Qirg‘iziston tasarrufiga qaytarildi.
Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazining ma’lum qilishicha, zavod mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, unga xorijiy investorlar faol qiziqish bildirmoqda. Korxonada kremniy ishlab chiqariladi, undan zamonaviy elektrotexnika sohasida, xususan, integral mikrosxemalar, diskret qurilmalar, quyosh batareyalari va boshqalar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
“Kristall” OAJning aktivlari va mol-mulkini o‘zlashtirish bo‘yicha ilgari qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida marhum kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyevga (Asanbek) tegishli bo‘lgan shaxslar «Kristall» OAJ hududida «Kompyuter Paver sentr» MCHJ mayning fermasi tashkil etgani aniqlandi. Kompaniya 2019 yil may oyidan 2020 yil oktyabr oyiga qadar tegishli ruxsatnomalarsiz mayning fermani texnik jihozlash bilan shug‘ullangan.
Maxsus xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, “Kristall” OAJ mulk majmuasi bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda noqonuniy ravishda «Kompyuter Paver sentr» MCHJ mulkiga o‘tgan. Natijada, Toshko‘mur tuman sudining 2024 yil 10 yanvardagi qarori bilan “Kristall” OAJ davlat tasarrufiga qaytarildi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring