30
Xalqaro jinoiy sudni Putinni hibsga olishga order bergan sudya boshqaradi
Tomoko Akaneni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) raisligiga sayladi. Rozario Salvatore Aytala va Reyn Alapini-Gansu sud raisi o‘rinbosligiga saylandi. Ularning vakolati 3 yil muddatga amal qiladi.
Tomoko Akane 2023 yil mart oyida ukrainalik bolalarni Rossiya hududiga noqonuniy deportasiya qilishda ayblangan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun xalqaro order bergan sudyalardan biri hisoblanadi.
Tomoko Akane o‘zining Xalqaro jinoiy sud raisligiga saylanganidan keyin bergan bayonotida Rim statutini hali ratifikasiya qilmagan davlatlar bilan muloqotni kuchaytirishini va sud xodimlari xavfsizligiga e’tibor qaratishini alohida ta’kidladi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring