+19° Kechasi +9°
Andijon (Bugun, 20 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
12-03-2024, 10:52
50

Rossiyaning Oryol shahridagi neft ombori dron hujumiga uchradi

Rossiyaning Orlov viloyati Oryol shahrida yonilg‘i-energetika majmuasi ob’ekti uchuvchisiz uchar qurilma hujumiga uchradi. Bu haqda viloyat gubernatori Andrey Klichkov o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Yong‘in o‘choqlari kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun voqea joyida maxsus xizmatlar ish olib bormoqda. Jabrlanganlar yo‘q. Ogohlikni saqlashni so‘rab qolaman”, — deb yozdi viloyat rahbari.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dron “Oryoldagi neft bazasida neft mahsulotlari saqlanadigan rezervuarga kelib urilgan, natijada u yonib ketgan”, yong‘in maydoni va alanga olgan rezervuar sig‘imi aniqlashtirilmoqda.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта