Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Rim papasi Fransiskning Rossiyaning Ukrainaga qarshi ikki yildan ortiq davom etgan urushidan so‘ng «oq bayroq ko‘tarish jasorati» haqidagi bayonotiga izoh berdi.
«Putinni Ukrainadan armiyani olib chiqib ketish uchun jasoratga chaqirishga qarshi muvozanatni saqlashga nima deysiz? Tinchlik muzokaralarsiz darhol kelgan bo‘lardi», deb yozgan Sikorskiy 10 mart, yakshanba kuni X platformasida.
U bir kun avval Shveysariyaning RSI teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida pontifikning katta rezonansga sabab bo‘lgan so‘zlariga shunday munosabat bildirdi. «Vaziyatni ko‘rgan, xalqni o‘ylaydigan, oq bayroq ko‘rsatib, muzokaralar olib borishga jur’at etgan kishi kuchliroq, deb hisoblayman», dedi Fransisk. Keyinroq Vatikan tushuntirishicha, papa Ukrainaning taslim bo‘lishini nazarda tutmagan, balki muzokaralar o‘tkazish va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring