36
Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara demarkasiyasini muhokama qildi
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Qirg‘iziston va O‘zbekiston hukumat delegasiyalari ishchi guruhlarining qo‘shma demarkasiya komissiyasi faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston OAV xabar tarqatdi.
Muzokaralar 4 martdan 8 martgacha bo‘lib o‘tdi.
2023 yilga mo‘ljallangan ishlar yakunlari sarhisob qilindi, 2024 yilga mo‘ljallangan yig‘ilishlar jadvali tasdiqlandi, davlat chegarasini demarkasiya qilish, demarkasiya xaritalari va maxsus (umumiy) geodeziya tarmog‘ini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirlar yakunlari bo‘yicha tegishli Bayonnoma imzolandi.
Ishchi guruhlarning navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring