+15° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
11-03-2024, 14:39
36

Fransiyani qurbaqalar populyasiyasini yo‘q qilishda ayblashmoqda

Fransiyani qurbaqalar populyasiyasini yo‘q qilishda ayblashmoqda.

Bu haqda 550 dan ortiq veterinar, tadqiqotchi va tabiatni muhofaza qilish mutaxassislari Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga yo‘llagan maktubida ma’lum qilgan. Ekspertlar Yevropa Ittifoqini Osiyo va janubi-sharqiy Yevropada qurbaqalarni “haddan tashqari ekspluatasiya”ni to‘xtatishga chaqirdi. “Biz Fransiya bu masalada alohida mas’uliyatga ega va yetakchi rol o‘ynashi kerak deb hisoblaymiz”, – deya qo‘shimcha qiladi mutaxassislar.

Maktubda Fransiya va Yevropa Ittifoqida yashovchi qurbaqa populyasiyalari tijorat ekspluatasiyasidan himoyalanganligi qayd etilgan. Biroq, Yevropa Ittifoqi har yili 4 ming tonnadan ortiq muzlatilgan qurbaqa oyoqlarini import qiladi – bu 80 dan 200 million donagacha amfibiyalarning pichoq ostiga tushishini anglatadi. Robin des Bois i Pro Wildlife kabi tabiatni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faollarining ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya yiliga 3 ming tonna amfibiya iste’mol qiladi.






Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта