+15° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
11-03-2024, 12:18
26

Bayden ham Ramazon munosabati bilan musulmonlarga murojaat qildi

Kuzgi saylov oldidan Bayden Falastindagi begunoh aholi orasida ko‘plab qurbonlar borligiga qaramay, Isroilga harbiy yordam davom etayotgani, yahudiy davlatga diplomatik yordam ko‘rsatilayotgani sababli arab-musulmon elektoratining muhim qismini qo‘llab-quvvatlash cheklanganini ta’kidladi.

– Muqaddas oy mulohaza va yangilanish davridir, – dedi Bayden. – Afsuski, bu yil Ramazon juda og‘ir, og‘riqli paytga to‘g‘ri keldi... Yaqin kunlar va haftalarda dunyo bo‘ylab musulmonlar iftorlik qilish uchun to‘planar ekan, Falastin xalqining azob-uqubati yanada kuchaymoqda. Bu ko‘pchilikning qalbini larzaga keltirgani kabi, mening ham ongimda notinchlik uyg‘otadi.

U G‘azo sektoriga, jumladan, dengiz orqali insonparvarlik yukini ko‘paytirish, jangovar harakatni kamida olti hafta to‘xtatish va Falastin – Isroil mojarosini yakuniy hal etish yo‘lida harakat qilishga va’da berdi.

Bayden musulmon amerikaliklarga nisbatan “nafrat va zo‘ravonlik” kuchayganini ham qayd etdi va uning ma’muriyati ilk bor “Islomofobiya va mazkur ta’limotga bog‘liq xurofot va kamsitish shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy strategiya” tayyorlanayotganini bildirdi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта