+15° Kechasi +5°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
11-03-2024, 11:53
35

Qozog‘istonda harorat -20 darajagacha tushishi kutilmoqda

Qozog‘istonning Ostona shahrida yaqin 7 kun ichida, 11 martdan 17 martgacha qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi. Bu haqda OpenWeather portalida ma’lumot berildi.

11 mart kuni Ostonada qor yog‘ishi kutilmoqda. O‘rtacha harorat 10 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduzi 5 daraja sovuq, lekin kechasi harorat 16 daraja sovuqqacha tushishi kutilmoqda.

12 mart kuni poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘maydi. Harorat 15 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Maksimal harorat 7 daraja sovuq, minimal -19 darajagacha tushadi. 13 mart kuni shaharda yana bulutli havo kuzatiladi. O‘rtacha harorat 14 daraja sovuq atrofida, kunduzi -7, kechasi esa 19 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.

14 mart kuni sinoptiklar yana bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishini prognoz qilmoqda. O‘rtacha havo harorati 12 daraja sovuq, maksimal -8 va minimum -20 darajagacha tushishi mumkin.

15 mart kuni havo bulutli bo‘ladi. O‘rtacha kunlik havo harorati 8 daraja sovuq bo‘ladi. Kunduzi havo -5 darajagacha iliydi, kechasi esa -10 darajagacha sovib ketadi.

16 mart kuni Ostonada o‘rtacha harorat 7 daraja sovuq, maksimal harorat -4 daraja, minimal -11 darajagacha bo‘ladi. 17 mart kuni sinoptiklarning xabar berishicha, havo bulutli bo‘ladi. O‘rtacha havo harorati 9 daraja sovuq bo‘ladi. Havo -3 darajagacha isishi mumkin, lekin kechasi 16 darajagacha pasayadi.
Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта