2024 yil Ukraina 40 milliard dollarlik byudjet taqchilligiga uchraydi, ish haqi, pensiya va subsidiyalarni to‘lashdan bosh tortish Zelenskiy uchun og‘ir oqibatlarga olib keladi, deb yozgan “Wall Street Journal”.
Ukraina rasmiylariga tayanilgan xabarda aytilishicha, Kiyev Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi yordamisiz moliyaviy ta’minotga erishish uchun jiddiy choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi: masalan, ish haqi to‘lashni to‘xtatishi va byudjet taqchilligini qoplash uchun pul chop etishni boshlashi mumkin.
Joriy taqchillik 2023 yildagidan bir oz kamroq, deya eslatadi nashr. Hukumat ishni davom ettirishi, aholiga maosh, pensiya va subsidiya to‘lashi uchun pul zarur. AQSh va YEI ajratadigan mablag‘ bu miqdorning, taxminan, 30 milliard dollarini qoplashi kutilgan edi. Afsuski, Kongressda kuzatilgan demokratlar va respublikachilar o‘rtasidagi kelishmovchilik tufayli Vashingtondan keladigan yordam kechikdi, Yevroittifoqdan 2027 yilgacha mo‘ljallangan 50 milliard yevro makromoliyaviy yordam esa Vengriya tomonidan to‘xtatildi. Ukraina Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda banklar foydasiga soliq joriy etilgan, tushumning bir qismi qayta taqsimlanadi va fevralgacha byudjet xarajatini qoplaydigan ichki qarz yana ko‘payishi kutiladi.
Vazir o‘rinbosari Olga Zikova fikricha, ayni chora cheklangan ta’sirga ega, Kiyevning hamkorlari mamlakatga zudlik bilan qo‘shimcha yordam kerakligini tushunib yetishadi.
– Yordam tezda yetib kelmasa, hukumat naqd pulni saqlab qolish uchun qo‘shimcha chora ko‘rishga majbur bo‘ladi, – deb yozdi “WSJ”. – Harbiy yordam kechikishi, qarshi hujumdagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin, mamlakatning harbiy qobiliyatiga jiddiy zarba beradi. Kiyev maoshni kechiktirish yoki mahalliy banklar va investorlardan ko‘proq qarz olish orqali yana bir necha oy o‘zini “ushlab turishi” mumkin. Vaziyat shu zayl davom etsa, Ukraina pul chop etishga majbur bo‘ladi, bu strategiya esa “Vensuelada bo‘lgani kabi iqtisodiy inqirozga olib keladi.
Kiyev iqtisodiyot maktabi eksperti Natalya Shapoval ham Ukrainada pul chop etiladigan bosmaxonani ishga tushirish zarurati bor, dedi. “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring