+22° Kechasi +12°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 964.43 so'm (-30.16 so'mga)
158.28 so'm (+0.6 so'mga)
14 744.45 so'm (-17.4 so'mga)
10-03-2024, 18:09
86

Berlinda avtomobil to‘qnashuvi oqibatida bir ayol halok bo‘ldi, yana 6 kishi jarohatlandi

Berlin markazida avtomobilning piyodalarni urib yuborishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, kamida olti kishi jarohatlandi.

DPA ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa savdo markazi yaqinidagi gavjum Leypsiger-shtrasse ko‘chasida sodir bo‘lgan. Hozircha noma’lum sababga ko‘ra, mashina piyodalar yo‘lagiga chiqib ketib, aravachali 41 yoshli ayolni urib yuborgan. Keyinroq u kasalxonada vafot etdi, 4 yoshli bolaning ahvoli og‘ir deb baholanib, zudlik bilan operasiya qilindi.

Mashinani 83 yoshli qariya boshqargan. Shuningdek, u kasalxonaga yotqizilgan va u yerda ambulator yordam ko‘rsatilgan va qon tahlili uchun olingan. Uning harakatlari tufayli Leypsiger shtrassida yana ikkita mashina to‘qnashib ketdi. Mashinalardan birining haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

Hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта