Avstraliya hukumati iqtisodiyotga kamida 5 million Avstraliya dollari sarmoya kiritishga tayyor xorijlik investorlarga mamlakatda yashash huquqini beruvchi “oltin viza”ni bekor qildi. Bu haqda Avstraliya Ichki ishlar vaziri ma’lum qildi.
Mamlakat migrasiya tizimini tubdan isloh qilish niyatida. Shu bois, investorlarga Avstraliyada uzoq muddatli vizalar va doimiy yashash huquqini beruvchi viza dasturi bekor qilindi, deydi vazir o‘z bayonotida.
Mamlakat endi malakali ishchi kuchini jalb qilish uchun katta immigrasiya islohotini amalga oshiradi. Avstraliyada oltin viza tizimi ko‘p marta tanqid qilingan. Bayonotda, shuningdek, oltin viza oluvchilar ingliz tilini bilish yoki yosh cheklovlarisiz Avstraliyada rezidentlik olish imkoniga ega bo‘lgani, lekin mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy hissa qo‘shmagani qayd etilgan.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring