42
AQSh Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish senariysiga tayyorlanmoqda
AQSh hukumati Rossiya tomonidan Ukraina hududida yadro qurolidan foydalanish senariysiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bu haqda xorijiy OAV Oq uydagi ikki yuqori martabali shaxsga tayanib xabar berdi, deb yozadi «Report».
Ma’lum qilinishicha, Qo‘shma Shtatlar bu imkoniyatga 2022 yil oxiridan beri tayyorgarlik ko‘rmoqda.
«AQSh 2022 yil oxiridan beri Hindiston va Xitoy bilan yashirin aloqada va shuningdek o‘z xavotirlarini Kremlga ham bildirgan», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Xavfsizlik kengashi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Moskva kerak bo‘lsa yadroviy qurol ishlatishdan tortinmasligini avval ham bir necha bor aytgan edi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring