+21° Kechasi +13°
Andijon (Bugun, 21 aprel)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 938.20 so'm (-26.23 so'mga)
159.51 so'm (+1.23 so'mga)
14 710.73 so'm (-33.72 so'mga)
09-03-2024, 13:31
89

Google Isroilga qarshi norozilik bildirgan muhandisni ishdan bo‘shatdi

Amerikaning texnologiya giganti Google Nyu-Yorkdagi tadbirda Isroilga qarshi norozilik bildirgan muhandisni ishdan bo‘shatdi.

Google vakilining aytishicha, muhandis kompaniya homiylik qilgan rasmiy tadbirda taqdimot o‘tkazayotgan hamkasbining gapini to‘xtatgan.

«Muammo nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bunday xatti-harakatlar qabul qilinishi mumkin emas va xodim bizning siyosatlarimizni buzgani uchun ishdan bo‘shatildi», deb tushuntirdi Google.

Dushanba kuni Nyu-Yorkda voqea bo‘lib o‘tdi, unda Google Cloud muhandisi isroillik rahbarning nutqini to‘xtatib, «Men genosid, aparteid yoki kuzatuvni kuchaytiruvchi texnologiyani yaratishni rad etaman» dedi.




Manba: www.aniq.uz
Top.Mail.Ru Анализ сайта