+14° Kechasi +6°
Andijon (Bugun, 23 noyabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 844.21 so'm (-11.72 so'mga)
127.35 so'm (-0.81 so'mga)
13 508.26 so'm (-62.46 so'mga)
23-01-2024, 21:21
30

Pokistondagi daraxtlardan biri 125 yildan beri hibsda

Pokistonning Peshovar shahridagi daraxt 1899 yildan beri hibsga olingan: britaniyalik ofiser D.Squid uni qochishga uringani uchun shu tarzda jazolashga qaror qilgan.

Mast holatda bo‘lgan ofiser daraxt tomon harakatlanib kelayotganida o‘simlik undan uzoqlashib qochib ketayotganday ko‘ringan. Ofiser shu zahoti askarlariga, daraxtni zanjirband qilish va uni hibsga olishga buyruq bergan.

Hozirgi kunga kelib daraxt diqqatga sazovor yodgorlikka aylangan. Daraxtning oldiga «doska» o‘rnatilgan bo‘lib unda shunday deyiladi: “Men hibsdaman. Bir kuni kechqurun mast britaniyalik ofiser meni qochib ketyapti deb o‘yladi va meni hibsga olishni buyurdi. O‘shandan beri men hibsdaman”.

Zanjirband qilingan o‘simlik hali ham sayohatchilarning e’tiborini tortmoqda. Mahalliy hukumat esa, uni asirlikdan ozod qilishga shoshilmayapti.



Top.Mail.Ru Анализ сайта