Noma’lum kishilar Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoga Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan Ujgoroddagi uchrashuv oldidan o‘ldirish bilan tahdid qilishgan. Bu haqda vengriyalik vazir matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, Vengriyaning Kiyevdagi elchixonasiga tahdidli xat kelgan. «Ukraina hukumati bizni xavfsizlik bo‘yicha eng qattiq choralar ko‘rilishiga ishontirdi», - dedi vazir.
Index portalining xabar berishicha, elchixonaga yuborilgan xat matni ukrain tilida yozilgan. «Vengriyaliklar, biz urushni yutqazishimiz uchun hamma narsani qilishda davom etayotgan hukumatingizdan nafratlanamiz. Vaziringiz Ukrainaga qilingan hujumlardan keyin shunchaki bizga kelib ketadi deb o‘ylaysizmi?» - deyiladi xabarda.
Maktubda Vengriya hukumatiga Siyyartoga tobut yasash uchun «dafn marosimi uyiga buyurtma berishni» tavsiya qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 50 milliard yevro ajratishiga qarshi chiqqandi.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring