+10° Kechasi +4°
Andijon (Bugun, 3 dekabr)
Bugungi valyuta kurslari:

$ 12 838.33 so'm (-13.67 so'mga)
119.70 so'm (+0.71 so'mga)
13 498.22 so'm (-70.92 so'mga)
03-11-2023, 21:38
72

Putin Mahachqal’adagi voqealarda yana bir bor g‘arblik arboblarni aybladi

Putin Jamoatchilik palatasi a’zolari bilan uchrashuvda Rossiyada yahudiylarga hujumlarni okean ortidagi arboblar uyushtirgani, Ukraina toliblarga qurol sotayotgani, O‘rda - g‘arblik bosqinchilardan yaxshiroq bo‘lgani haqida gapirdi.

Vladimir Putin Rossiya Jamoatchilik palatasi a’zolari va mintaqaviy jamoat palatalari raislari bilan uchrashdi va dunyodagi so‘nggi voqealar to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Meduza uning nutqidan qisqa iqtiboslar keltirdi.

Aleksandr Nevskiy O‘rdaga borgan, G‘arbning bosqiniga samarali qarshilik ko‘rsatish uchun O‘rda xonlariga ta’zim qilgan. Chunki O‘rda o‘zini beadab tutgan bo‘lsa-da, tilimizga, urf-odatlarimizga, madaniyatimizga tegmagan. G‘arb bosqinchilari esa da’vo qilgan. Aynan shu tanlovi uchun biz Nevskiyni avliyo sifatida hurmat qilamiz.

Rossiya imperiyasi tarkibida Ukraina yo‘q edi. Sovet davrida Ukraina asosan rus yerlari hisobiga shakllantirildi, ammo oxir-oqibat ular rus xalqi tub aholi emasligini e’lon qilishdi. Bu o‘ta noqonuniy. Parallel ravishda ular Donbassda ruslarni yo‘q qilishni boshladilar.

Agar biz qardosh Ukraina bilan normal munosabatlarga ega bo‘lganimizda, Qrim bilan bog‘liq harakatlarni hech kim o‘ylamas edi. Ammo odamlarni bu fashist gazandalaridan himoya qilish kerak edi. Keyinchalik Donbass va Novorossiyada ham xuddi shunday bo‘ldi.

Ushbu hududlarning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi silliq, tabiiy bo‘lishi va odamlar natijalarni imkon qadar tezroq his qilishi uchun hamma narsani bajarishimiz kerak. Yangi hududlar biz uchun yangi emas, ular bizning tarixiy hududlarimiz. Rossiyaning maxsus operatsiyani boshlashdan o‘zga iloji yo‘q edi. Maxsus operatsiya boshlanganida Rossiya allaqachon hujumga uchragan va bunga javoban avtomatlarni qo‘lga olishga to‘g‘ri keldi.

Ukrainadagidek korrupsiya darajasi hech qayerda yo‘q. Ukrainada hamma narsa sotib olinadi va sotiladi. Aytishlaricha, Yaqin Sharqda Ukraina qurollari paydo bo‘lmoqda. Albatta paydo bo‘ladi, chunki sotilmoqda. «Tolibon»ga ham sotishmoqda. Amerikaliklar Ukraina korrupsiyasini yenga olmayapti, chunki korrupsiya u yerda amalda qonuniylashtirilgan. Qo‘shma Shtatlar u yerda elitani o‘zgartirishni rejalashtirgan edi, ammo hech narsaga erisha olmadilar.

Mahachqal’a voqealariga kelsak. Bu biz Rossiya qonunlariga muvofiq e’tibor berishimiz va javob berishimiz kerak bo‘lgan voqealardir. Va biz buni qilamiz. G‘azodagi dahshatlar fonida uchqun chiqarish oson [antisemit qirg‘inini qo‘zg‘atish uchun]. Qiynalayotgan bolalarga qarasangiz, mushtingiz tugiladi. Bu har qanday oddiy odamning reaksiyasi. Agar shunday bo‘lmasa, demak bu toshbag‘ir odam. Shu bilan birga, biz bu voqealarni aql bilan idrok etishimiz, yovuzlik ildizi qayerda ekanini tushunishimiz kerak. Va bu [tartibsizliklarga chaqiriqlar] chet elda, shu jumladan Ukrainada yashovchi odamlar tomonidan qilingan.

Shu munosabat bilan, men xorijdagi arboblarning pozitsiyasidan hayratda qoldim: ular Isroil yahudiylarini qo‘llab-quvvatlamoqda va ularning Ukrainadagi agentlari yordamida mamlakatimizda yahudiy qirg‘inini uyushtirishga harakat qilmoqda. Ajablanarli darajada jirkanch. Aql bovar qilmaydi. Ular o‘z manfaatlarini ko‘zlaydi. Bunda manfaat — Rossiyaga qarshi kurashish va mamlakatni ichkaridan larzaga keltirish.

Top.Mail.Ru Анализ сайта