Kecha Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 152 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar dayjesti.
▪️ Bosqinchilar Dayr al-Balah, Zaytun hududi va Xon Yunisga hujum qildi.
▪️ 24 soat ichida Isroil hujumlari oqibatida 97 kishi halok bo‘ldi, 123 kishi yaralandi.
▪️ 7 oktyabrdan bunyon G‘azoda 30 631 kishi halok bo‘ldi, yaralanganlar soni 72 043 kishiga yetdi.
▪️ Iordan daryosining G‘arbiy sohilida ishg‘olchilar Baytlahm, Nablus va Janinga bostirib kirdi va u yerda 18 yoshli yigitni o‘ldirdi.
▪️ Bosqinchilar hududni tark etganidan keyin Xon-Yunis shahrining turli hududlarida 25 nafar shahidning jasadi topildi.
▪️ BMT: Isroil G‘azodagi gumanitar karvonlarni marshrutlarini bilishiga qaramay bombardimon qilmoqda. Isroil muhtojlarga yordam berishni xohlamaydi va bu ochiq ochlik urushidir. Xalqaro sud qarorlarini mensimagani uchun Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish zarur.
▪️ Husiylar: Qizil dengizda Amerikaning ikkita harbiy esminesiga hujum qildik.
▪️ Hizbulloh bosib olingan Avivim aholi punktiga zarbalar berdi va nishonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazildi. Bosqinchilar “Hizbulloh” tomonidan otilgan 30 ta “Katyusha” raketasidan atigi 10 tasini tutib olishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.
▪️ Iroq qarshilik kuchlari Hayfa aeroportidagi elektr stansiyasiga uchuvchisiz uchoqlar yordamida hujum qilganini bildirdi.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring