46
Bir guruh hindistonliklar videomurojaat yo‘llab, ularni Rossiya tomonida turib Ukrainada jang qilishga majburlashayotganini ma’lum qildi
Etti nafar Hindiston fuqarosi videomurojaat e’lon qilib, ularni Rossiya qurolli kuchlari tomonida turib Ukrainadagi urushda jang qilishga majburlashayotganini ma’lum qildi.
Videoda Rossiya harbiy formasini eslatadigan kiyim kiyib olgan bir guruh erkaklar devorlari kir bo‘lib ketgan xonada turibdi. Ular aynan qayerda joylashgani noma’lum.
Ammo Hindistonning News 18 nashri yozishicha, ular 15 kun davomida harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, so‘ng “urush bo‘layotgan joy”ga yuborilgan. Murojaatni o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylagan hindistonlik jurnalist qayd etishicha, ular “istalgan lahzada jangovar harakatlarda qatnashish uchun jo‘natilishi mumkin”.;
Videoda erkaklar 2023 yil dekabri oxirida yangi yilni kutib olish uchun Rossiyaga kelganini aytgan. So‘ng qandaydir sayyohlik agenti ularga Belarusga ham tashrif buyurishni taklif qilgan, ular esa rozi bo‘lgan.
“Bizga viza kerakligini bilmagandik, — dedi erkaklardan biri. — Belarusga yetib kelganimizda agent bizdan pul so‘radi, keyin g‘oyib bo‘ldi”.
Hindiston fuqarolari aytishicha, shundan so‘ng ularni polisiya ushlab Rossiya hukumatiga topshirgan, ular esa “hujjatlarni imzolashga majbur qilgan”. Hujjatlar rus tilida bo‘lgani sababli, hindistonliklar ularning mazmunini tushunmagan, shunday bo‘lsa-da, o‘z imzolarini qo‘ygan.
Manba: www.aniq.uz “Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring