Blokadagi G‘azo sektorida har soatda ikki ona vafot etadi. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
U 2023 yil 7-oktabrdan buyon Isroilning hujumlari natijasida anklavda halok bo‘lgan falastinliklar soni 25 mingdan oshganiga e’tibor qaratdi.
Isroil armiyasi gavjum kasalxonalarni o‘qqa tutmoqda, uylar vayronalarga aylangan va xavfsiz hududlar xavfli bo‘lib qolgan, deb yozadi Griffits.
«7 oktyabrdan beri G‘azoda sodir etilgan vahshiylik to‘xtamadi», deb yozadi u.
“Andijonliklar.Uz” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring